Yangiliklar

Fitch Ratings NKMK obligatsiyalariga reyting berdi

Bu haqda agentlik portalida eʼlon qilindi
Foto: NKMK

Fitch Ratings Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) $1 milliardlik debyut obligatsiyalariga «BB-» reytingini berdi. Bu haqda agentlik portalida eʼlon qilindi.

Qimmatli qogʻozlar har biri 2028 va 2031-yilgacha muddatga ega boʻlgan $500 millionlik ikki transhda chiqarildi. Shuningdek, Fitch kompaniyaning uzoq muddatli emitent reytingini (IDR) barqaror prognoz bilan «BB-» darajasida tasdiqladi.

Shu bilan birga, agentlik kompaniyaning kredit profilini «BB» dan “BB+“ ga qayta koʻrib chiqdi, chunki obligatsiyalar amortizatsiya profilini kengaytirdi va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan NKMK $1 milliardlik xalqaro obligatsiyalarni chiqargani haqida xabar bergan edi.