Haled Mashal vaqtinchalik Hamasga rahbarlik qiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U avval Kuvaytda harakat bo‘limini boshqargan
Hamas harakati Yahya Sinvarning o‘limidan so‘ng vaqtinchalik Haled Mashal tomonidan boshqarilmoqda. Bu haqda «Interfaks» Livan ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.
Sinvar 2024-yilning avgustidan oktabrigacha Hamasni boshqarib, Isroil harbiy kuchlari tomonidan G‘azo sektorida o‘ldirilgan.
Vaqtinchalik Hamasning rahbari Haled Mashal 1956-yilda Ramalla yaqinida tug‘ilgan. U Falastin harakatiga 1987-yilda qo‘shilib, avval Kuvaytda harakat bo‘limini boshqargan.
Shuningdek, Mashal 1997-yilda Iordaniyada qilinishi rejalashtirilgan suiqasddan omon qolganligi bilan ham mashhurdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan G‘azo sektorida Hamas hukumati rahbari Ravi Mushtah halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.