IT Parkda $10 millionlik venchur fondi ochiladi

eʼlon qilindi
Unga besh yil muddatga $50 mln kredit ajratiladi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

IT Parkda ustav kapitali $10 mln boʻlgan venchur fond tashkil etiladi. Bu davlat rahbari qarori bilan tasdiqlandi.

Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda venchur fond tashkil etilishi haqida gapirgan edi.

Yangi tashkilot IT-texnologiyalar sohasidagi startaplarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, respublikada «UzVC» venchur fondi shu kabi tashkilotlarni moliyalashtirish uchun «Jamg‘armalar fondi»da qayta tashkil etilmoqda. Bu mablag‘lar investitsiya portfellarini shakllantirish va ularga investorlarni jalb qilishda ham ishtirok etadi.

IT Parkdagi venchur fondiga besh yil muddatga $50 mln miqdorida kredit ajratiladi. Bundan tashqari, kredit raqamli startap dasturiga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park rezidentlariga yana 99 ta yangi kompaniya qo‘shilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek