Yangiliklar

Noqonuniy mayning ferma salkam 140 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Departament matbuot xizmati

Fuqaro noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi sohasida mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, jami 139,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Departamentning Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro «Navro‘z» MFY hududidagi xonadonlardan birida kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati bilan shug‘ullanganlik holati aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro faoliyati davomida elektr energiyasidan ham noqonuniy foydalanganlik holati aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 1,2 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangani haqida xabar bergan edi.