Oʻzbekiston FinTech Assotsiatsiyasi ChatGPT yordamida mahsulot kartalarini yaratish boʻyicha bepul amaliy mashgʻulotlarga qabul boshladi. Bu haqda assotsiatsiya axborot xizmati xabar berdi.
Trening 29-oktabr kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahridagi U-Enter markazida boʻlib oʻtadi. Elektron tijorat va raqamli vositalar boʻyicha oldindan bilim va koʻnikmalar etilmaydi.
Trening davomida mahsulot kartalarini yaratish, mahsulotni toʻgʻri ta’riflash, ta’riflar uchun marketpleyslarning talablarini hisobga olish, professional fotosuratchisiz fotosuratlar olish koʻnikmalari beriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy davlatlar FinTech Alyansi tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.