Yangiliklar

Putin Falastin rahbari Mahmud Abbosni BRICS sammitiga taklif qildi

Unda Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro ham muhokama qilinadi
Foto: Aa.com.tr

Vladimir Putin Falastin prezidenti Mahmud Abbosga kelasi hafta Qozonda boʻlib oʻtadigan BRICS sammitida ishtirok etishni taklif qildi. Bu haqda Onterfaks nashri ma’lum qildi.

Putin, shuningdek, Rossiya Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroda ikki davlat tamoyili boʻyicha yechim yoʻlini qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi va bu masala kelasi hafta boʻlib oʻtadigan sammitda muhokama qilinishini aytdi.

Ma’lumot uchun, BRICS’ga Misr, Efiopiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT rezolyutsiyasi: Isroildan o‘z harbiy kuchlarini Falastin hududidan olib chiqib ketish talab qilingani haqida yozgan edik.