Yangiliklar

Wallet O‘zbekistonda ofis direktori qidirmoqda

Toshkent filiali rahbarining vazifalari qatorida ofisning kriptovalyuta sohasidagi mahalliy va xorijiy talablarga muvofiq faoliyat yuritish nazarda tutilgan
Foto: Jakub Porzycki / NurPhoto via Getty Images

Wallet kripto hamyon platformasi Toshkentdagi vakolatxonasiga direktori lavozimiga tanlov eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya LinkedIn sahifasida xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent filiali rahbarining vazifalari qatorida ofisning kriptovalyuta sohasidagi mahalliy va xorijiy talablarga muvofiq faoliyat yuritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, boʻlajak direktori kriptovalyuta va moliyaviy sohalarda tajribaga ega boʻlishi hamda blokcheyn va raqamli aktivlarni bilishi talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Wallet kripto hamyon platformasi Telegram messenjerida 2023-yilda ishga tushirilgan. Shuningdek, Wallet kriptovalyuta bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi p2p platformasiga ega. Bundan tashqari, platforma TON blokcheyniga asoslangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabr oyi oʻrtalarida Telegram Pavel Durov hayotiga asoslangan Durov Run oʻyinini ishga tushirgani haqida yozgan edi.