Yangiliklar

Xorijiy investorlarga davlat kompaniyalari aksiyalarini valyuta evaziga sotib olishga ruxsat beriladi

Toshkent respublika fond birjasi orqali olish mumkin
Foto: wutwhan / depositphotos

Xorijiy investorlarga O‘zbekiston davlat kompaniyalari aksiyalarini xorijiy valyuta evaziga sotib olishga ruxsat beriladi. Bu prezident farmonida belgilandi.

Davlat kompaniyalarining qimmatli qog‘oz paketlari Toshkent respublika fond birjasi orqali xorijiy valyuta evaziga sotiladi. Shuningdek, xorijiy investorlarga qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha bitim valyutasi shartnomada ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, farmonda sanoat zonalari hududlaridagi yer uchastkalarini davlat qabuliga olish tartibi joriy etiladi. Komissiya, savdolarga barcha zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan yer uchastkalari kiritilganligini nazorat qiladi.

Qayd etilishicha, agar investor qo‘shimcha infratuzilma obyektlariga muhtoj bo‘lsa, investor ushbu obyektlarni o‘z hisobidan qurishi va sanoat zonasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya olishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan $7 mlrd qiymatda 132 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.