Yevropa Ittifoqi afg‘on noqonuniy muhojirlarini O‘zbekistonga deportatsiya qilmoqchi – Times

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Niderlandiya va Germaniya bu masalani muhokama qilmoqda
Foto: Csakisti / Depositphotos.com

Niderlandiya va Germaniya O‘zbekistonga noqonuniy afg‘on muhojirlarini yuborish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Times axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yevropa davlatlarining qator yetakchilari ittifoq rahbariyatidan imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqidan tashqarida deportatsiya markazlarini yaratishga ruxsat berishni talab qilgan.

Birlashma hududida bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan migrantlar markazlarga yuboriladi. Xususan, ular Yevropa davlatlari gumanitar sabablarga ko‘ra ortga qaytara olmaydigan Afg‘oniston va Suriya fuqarolaridir.

Yevropa Ittifoqidan tashqarida birinchi deportatsiya markazi Italiya tomonidan tashkil etilgan. Albaniyaga 16 nafar noqonuniy muhojirlardan iborat birinchi guruh yuborilgan. Niderlandiya boshpana izlovchilarni Ugandaga yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Afg‘onistonlik qochqinlarni Yevropa Ittifoqiga deportatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolanishi haqidagi xabarlar iyun oyida paydo bo‘lgan edi. Biroq haligacha bunday kelishuvlar haqida ishonchli dalillar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda jinoyatchiliklar soni 30 foizga kamaygani haqida yozgan edik.

Shuningdek