2025-yildan avtobuslarda yoʻl haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi – Transport vaziri

eʼlon qilindi
Bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi
Foto: manifeesto_v

Oʻzbekistonda avtobuslarda 2025-yil 1-yanvardan yoʻl haqi uchun naqd pul qabul qilishdan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasidagi chiqishida ma’lum qildi.

Mahkamovning ta’kidlashicha, bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksariyat bekatlarga infokiosklar oʻrnatiladi.

«Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan oʻtkazilyapti. Barcha avtobuslarga shu QR-kodlarni oʻqiy oladigan devayslar oʻrnatiladi. Ular oʻrnatilgach, tabiiyki konduktorlar ishlamaydi. Sababi naqd pulni yigʻish ehtiyoji qolmaydi», – dedi vazir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek