2030-yilda Oʻzbekiston YaIM $200 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda

eʼlon qilindi
2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat YaIM $111 milliard bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Depositphotos.com

2030-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) $200 milliardga yetishi, aholi jon boshiga 5 ming dollar boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi.

Oldingi prognozlarga koʻra, 2030-yilda YaIM $160 milliardga yetkazilishi koʻzda tutilgan edi.

Hamrayevning ta’kidlashicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat YaIM $111 milliard boʻlishi kutilmoqda, bu aholi jon boshiga $3 ming degani.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil yakunigacha Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6 foizga oʻsishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek