Dunyoda 1,1 milliard odam oʻta qashshoqlikda yashaydi – BMT

eʼlon qilindi
BMTning “Taraqqiyot” dasturi va Oksford universiteti 112 davlatdagi qashshoqlikni tahlil qilib, 20 ta davlatda qo‘shimcha so‘rov o‘tkazdi
Foto: cristovao/Depositphotos

Dunyoda 1,1 milliard odam oʻta qashshoqlikda yashaydi, ulardan 455 millioni mojaro va beqarorlik mavjud mamlakatlarda istiqomat qilmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lum qildi.

BMTning «Taraqqiyot» dasturi va Oksford universiteti 112 davlatdagi qashshoqlikni tahlil qilib, 20 ta davlatda qo‘shimcha so‘rov o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, urush ketayotgan mamlakatlarda aholining 34,8 foizi qashshoqlikda yashayotganini aniqladi. Bolalar oʻrtasida qashshoqlik darajasi 27,9 foizni tashkil etadi, kattalarda esa bu koʻrsatkich 13,5 foizdan yuqori.

Shuningdek, dunyo boʻyicha 828 million odamda sanitariya sharoitlari yoʻq, 886 million kishi esa toʻgʻri uy-joyga ega emas.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi oxirgi uch yil ichida 17 foizdan 11 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek