Yangiliklar

FAW Andijonda $100 millionlik yuk mashinalari zavodi quradi

Loyiha yillik 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijonda FAW rusumli yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Xitoyning Faw Trucks kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati $100 million boʻlgan avtomobil zavodi quriladi. Loyiha yillik 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Qurilish ishlari joriy yilning noyabr oyidan boshlanadi.

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi vakillari “Ipak yoʻli“ erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergan edi.