Yangiliklar

«Hizbulloh» Netanyaxuning qarorgohiga hujum qilishga urindi – video

Isroil bosh vaziri boshqa joyda bo‘lgan va jarohat olmagan
Foto: Ale Mi / depositphotos

«Hizbulloh»ning uchuvchisiz samolyoti Benyamin Netanyaxuning Kesariyadagi qarorgohiga hujum qilishga harakat qildi. Bu haqda The Times of Israel agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujum paytida Netanyaxu boshqa joyda boʻlgan va jarohat olmagan. Livandan jami uchta dron uchirildi. Ikkisi mudofaa kuchlari tomonidan zararlantirishgan boʻlsa, biri Livan chegarasidan 80 km uzoqlikdagi Kesariya shahridagi binoga qulagan.

Hujumdan maqsad Netanyaxuning shaxsiy qarorgohiga zarba berish boʻlgan. Hozirda dron halokatga uchragan joyga yaqin yoʻllar toʻsib qoʻyilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/ssstwitter.com_1729321265262.mp4
Video: Jake Gagain

Bungacha Livanning «Hizbulloh» harakati 16-oktabr kuni isroillik harbiylar Hamas siyosiy yetakchisi Yahyo Sinvarni oʻldirganidan keyin Isroilga qarshi kurashni kuchaytirishga va’da bergan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Haled Mashal vaqtinchalik Hamasga rahbarlik qilishi haqida xabar bergan edi.