Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston «yashil» energiya boʻyicha bitim imzolaydi

eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbazov ma’lum qildi
Foto: aa-w

COP29 konferensiyasi doirasida Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston «yashil» energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbazov matbuotda e’lon qilingan maqolasida ma’lum qildi.

Shahbazov Ozarbayjon Markaziy Osiyoda boshlanadigan yangi energetika koridorining asosiy ishtirokchisiga aylanishini qayd etdi. Bosh qarorgohi Bokuda joylashadigan qoʻshma korxona tashkil etish loyihaning maqsadlaridan biri boʻladi.

Bitim Yevropaga energiya yetkazib berishni tashkil etish, yangi texnologiyalar sohasida hamkorlik va energiya samaradorligi xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan boʻladi.

Shuningdek, «Kaspiy — Qora dengiz — Yevropa» yashil energiya koridorini Markaziy Osiyo bilan bogʻlash imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda. 2024-yilning may oyida uch mamlakat energetika vazirlari Kaspiy dengizi tubi boʻylab yuqori voltli kabel yotqizishni nazarda tutuvchi energiya tizimlarini oʻzaro bogʻlash boʻyicha hamkorlik memorandumini imzolagan edi.

Avvalroq «Kursiv»Oʻzbekiston 2030-yildan Kaspiy dengizi orqali Yevropaga elektr energiyasini eksport qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek