Toshkent viloyatida zilzila sodir boʻldi
eʼlon qilindi
Magnituda M=3,6, chuqurlik 10 kilometrni tashkil qiladi

Oʻzbekiston hududida 19-oktabr kuni soat 01:32 da zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan. Magnituda M=3,6, chuqurlik 10 kilometrni tashkil qiladi. Zilzila oʻchogʻidan Toshkentgacha boʻlgan masofa janubi-sharqiy yoʻnalishda 30 kilometr.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.
- Oʻrta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekistonda ham sezilgani haqida xabar bergan edi.