Cobalt avtomobillarining ishlab chiqarilishi rekord darajaga koʻtarildi: to‘qqiz oyda 117,7 ming dona

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu model barcha yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmida 42,3% ni egalladi
Foto: UzAuto Motors

Davlat statistika agentligining ma’lumotiga koʻra, 2024-yilning birinchi toʻqqiz oyida Oʻzbekistonda 117,7 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,8% ga koʻp boʻlib, bu model uchun tarixiy rekord hisoblanadi.

Cobalt barcha yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmida 42,3% ni egalladi, bu uni O’zbekiston avtomobil bozoridagi eng ommabop modellardan biriga aylantirdi. Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi so‘nggi marta Cobalt modellarini iyul oyida savdoga qo‘ygan edi. O‘shanda Gx – Optima At – Plus (narxi 146,5 million so‘m) va undan qimmatroq bo‘Gx – Style At – Plus to‘plami (147,9 million so‘m) modellari sotuvga qo‘yilgan edi.

Joriy yilning 15-oktabr kuni UzAuto Motors tomonidan Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi ko‘rinishi taqdim etildi. Biroq kompaniya tomonidan narxlar haqida ma’lumotlar berilmadi. Bu borada Kursiv Uzbekistan tashkilot matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda kompaniya rasmiy sahifasida Chevrolet Cobalt avtomobili sotuvda mavjud emas. Hozirgi kunda sotuvda Onix, Damas-2, Tracker-2, Malibu-2, Traverse, Captiva-5T va Equinox avtomobillari taqdim etilgan.

Shuningdek