Yangiliklar

O‘zbekistonda Yevropa kapitali ishtirokidagi korxonalar soni mingga yaqinlashdi

997 ta korxona ish olib bormoqda
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vakillari iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha masalalarni kelishib oldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, vazirlik rahbari Laziz Qudratov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tayvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar geologiya, kimyo sanoati va energetika sohalarida kelishilgan loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda respublikada Yevropa sarmoyalari ishtirokida 997 ta korxona faoliyat yuritmoqda.