Yangiliklar

Rossiya deputati O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilishga chaqirdi

Foto: Nia.eco.com

Rossiyalik deputat Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulligi fuqarolarimizni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani sababli O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X platformasidagi sahifasida ma’lum qildi.

«O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqirdi. Nega ular sizni onalik uchun suyunchi pulini olmaslikka undamadilar? Boshqa imtiyozlardan foydalanish mumkin, lekin sizni boqayotgan mamlakatni himoya qilish mumkin emas. Viza rejimi bilan hammasi hal bo‘ladi! Bunday «fuqarolar» bizga kerak emas», – deya yozgan deputat.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida ham boshqa davlat armiyasida xizmat qilish taqiqlangan. Buning uchun 12-yildan 18-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akmal Saidov O‘zbekiston fuqarolari chet el harbiy missiyalarida ishtirok etmasligi haqida aytgan edi.