«Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida tadbirkorlar uchun bepul onlayn oʻquv kurslar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda BRB bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bepul onlayn o‘quv kursi Yaponiyaning Yamagata Universiteti va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan taqdim etilmoqda. Oʻquv kursida Yaponiyaning rivojlangan biznes modellari, jumladan, Lean Management va Kaydzen metodlarini bevosita yapon ustozlari tomonidan o‘rgatiladi.
Loyiha biznesini boshlamoqchi boʻlganlar, faoliyatini rivojlantirishni koʻzlagan kichik va oʻrta biznes egalari uchun moʻljallangan.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tadbirkorlarga Yamagata universiteti va «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning xalqaro sertifikati taqdim etiladi.
Oʻquv kurslari mazkur manzilda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat tilini bepul o‘rganish uchun mo‘ljallangan kurslar tashkil qilingani haqida yozgan edik.