Toshkentda Fransiya milliy meros institutining filiali ochiladi
eʼlon qilindi
Bu orqali madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi
Poytaxtimizdagi Fransuz madaniyat markazi qoshida Fransiya milliy meros instituti filiali ochiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jamg‘arma raisi Gayane Umerova va institut direktori Charlz Personnaz ta’lim muassasasining ochilishi masalalarini muhokama qildi.
Institutning ochilishi Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun Fransiyadan mutaxassislarni jalb qilish imkonini berishi kutilmoqda. Shuningdek, bunda xalqaro usullarni joriy etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda uchinchi oʻrinda ekanligi haqida yozgan edik.