Trans-Afgʻon temir yoʻli loyihasi kelasi yildan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Maxkamov 17 – 25 oktabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan «Xalqaro tashabbuslar haftaligi» tadbirida ma’lum qildi.
«Transafg‘on temir yo‘li nihoyatda yirik loyiha. Uni murakkabligi Afg‘oniston hududida ekanida. Lekin asosiy tashabbuskor hurmatli prezidentimiz bo‘ladilar. Bugungi kunda bir qator mamlakatlar bilan bu loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishganmiz. Hozirda uning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqyapmiz. 2025-yilda loyihaga tamal toshi qo‘yiladi deb o‘ylayman. Qurilish murakkabligini inobatga olsak, jarayon kamida 5 yil davom etadi», – dedi vazir.
Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishdagi qiyinchilik temir yo‘l Afg‘oniston hududi orqali qurilayotganidadir.
Termizdan Peshovargacha boʻlgan temir yoʻl Markaziy Osiyo davlatlari uchun Pokiston portlariga yoʻl ochadi. Bu orqali yuk tashish arzonlashadi va tezlashadi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq Yevropa Ittifoqi afg‘on noqonuniy muhojirlarini O‘zbekistonga deportatsiya qilmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.