Uzbekistan Airways Pokistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
«Toshkent – Lahor – Toshkent» yo‘nalishida
Foto: Uzcaa.uz

Milliy aviakompaniya joriy yilning 15-noyabridan boshlab «Toshkent – Lahor – Toshkent» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

«O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan pokistonliklar uchun viza rasmiylashtirish tartibining soddalashtirilgani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilayotgani Pokiston jamiyati uchun quvonarli hodisa bo‘ldi. Bu O‘zbekiston yetakchisining mintaqaviy bog‘liqlikni qayta tiklash borasidagi siyosati qat’iy va bu jarayon endi ortga qaytmasligidan dalolat beradi», – dedi mamlakatimiz faxriy konsuli Najib Vohra.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endilikda Pokiston fuqarolari Toshkentdan tranzit markazi sifatida foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, kelajakda tomonlar mamlakatlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston oʻzbekistonliklar uchun viza rejimini soddalashtirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek