Yangiliklar

21-oktabr kuni O‘zbekistonda havo 27 darajagacha isiydi

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘maydi
Foto: Unsplash

Bugun, 21-oktabr kuni respublikaning Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 27 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkentda havo issiq va quruq bo‘ladi. Kunduzi havo 23-25 daraja issiq, kechga kelib 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 15-20 daraja iliq, kechasi esa 0-3 daraja salqin bo‘ladi.