524 ta umumiy ovqatlanish korxonalarida taomnoma o‘zbek tilida emasligi aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: rilueda / depositphotos

O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 524 tasida taomnoma o‘zbek tilida emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati bilan bog‘liq holatlar yuzasidan iste’molchilar tomonidan 250 ga yaqin murojaatlar kelgan.

Vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalarining 524 tasida taomnoma davlat tilida emas, 480 tasida ish rejimi ko‘rsatilmagan, 449 tasida narxnomalar mavjud emasligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vakolatli organlarga taqdimnoma kiritgan.

«Umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan yuqoridagi keltirib o‘tilgan talablar buzilishiga duch kelib, huquqlaringiz buzilgan taqdirda, Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Restoranlar uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek