Braziliya prezidenti BRIKS sammitida ishtirok etmaydi

eʼlon qilindi
U sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etadi
Foto: Aljazeera.com

Braziliya prezidenti Lula da Silva vannada yiqilib, bosh qismidan jarohat olgani tufayli yakshanba kungi BRIKS sammiti uchun Rossiyaga safarini bekor qildi. Bu haqda Reuters xalqaro nashri ma’lum qildi.

Prezident idorasi bayonotiga ko‘ra, 78 yoshli Lula endi BRIKS yig‘ilishida videokonferensiya orqali ishtirok etadi.

Tibbiy hisobotda aytilishicha, Lulaga uzoq masofalarga parvoz qilishdan qochish tavsiya etilgan bo‘lsa-da, o‘zining boshqa vazifalarini bajarishi mumkin.

Hukumatning X platformasidagi rasmiy sahifasida aytilishicha, Braziliya Tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra BRIKS sammitida Braziliya delegatsiyasiga rahbarlik qilish uchun tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Falastin rahbari Mahmud Abbosni BRIKS sammitiga taklif qilgan edi.

Shuningdek