O‘zbekistonda firibgarlar Telegram orqali zararli fayllarni tarqatmoqda. Bu haqda Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘z kanalida yozdi.
«Telegramdan keladigan bu kabi xabarlarni aslo ochmang va muloqotga kirishmang!», – ogohlantiradi sobiq deputat.
Bu firibgarlardan qutulishning yagona yo‘li, deb qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublika markaziy banki firibgarlikning yangi turidan ogohlantirgani haqida yozgan edi.