Biznes bilan shug‘ullanadigan 160 nafar davlat xizmatchisi aniqlandi

eʼlon qilindi
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha vazirliklarga taqdimnomalar yubordi
Foto: ilixe48/Depositphotos

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vazirliklar va davlat idoralari xodimlari o‘rtasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 160 boshqaruv xodimini aniqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv natijasida 170 ta biznes subyektida ishtirok etayotgan davlat xodimlari aniqlandi. Xususan, ular orasida Ekologiya vazirligining 72 nafar 79 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, Tog‘-kon sanoati vazirligining 59 nafar 60 ta, 59 nafar xodimi 60 ta, Oliy ta’lim vazirligining 22 nafar 23 ta va Energetika vazirligining yetti nafar xodimi 8 ta biznes subyektida ta’sischi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Agentlik aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ushbu vazirliklarga taqdimnomalar yubordi. Muhokamadan so‘ng ogohlantirish xatlari berilib, hozirgi kunda qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bank boshqaruv xodimlarining tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek