Misr malyariya kasalligidan xoli mamlakat – JSST

eʼlon qilindi
Mamlakat hududida uch yil davomida malyariya kasalligi tarqalish zanjiri uzilsa sertifikat beriladi
Foto: tashatuvango / depositphotos

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Misrni malyariyada xoli davlat deb tan oldi. Bu haqda JSST o‘z bayonotida ma’lum qildi.

«Malyariya Misr sivilizatsiyasi kabi qadimiy, biroq fir’avnlar azob chekkan bu kasallik endilikda tarixga tegishli, kelajakka emas», – deb izoh berdi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

U Misrning malyariyadan xoli davlat sifatida tan olinishi tarixiy hodisa ekanini ta’kidladi hamda direktor ushbu yutuq bilan barchani tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Misr Sharqiy O‘rta Yer dengizi mintaqasida malyariyadan xoli davlat sertifikatini olgan uchinchi mamlakat bo‘ldi. Avvalroq, bunday sertifikatni Marokash va BAA mamlakatlari ham olgan edi.

Agarda mamlakat uch yil davomida o‘z hududida ushbu kasallikning uzluksiz tarqalish zanjiri to‘xtatilganini isbotlasa, malyariyani yo‘qotish sertifikati JSST tomonidan beriladi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan marburg virusi sababli O‘zbekiston chegaralarida nazorat kuchaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek