Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti Samara aeroportiga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi «Novosti tashkentskogo neba» Telegram kanali.
Ekipaj bortdagi bemor yo‘lovchi tufayli qo‘nishga qaror qildi. Shu bilan birga, xavf signallari e’lon qilinmadi. Hodisa AFL-1870 reysida sodir bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tel-Avivdan Toshkentga uchgan samolyotning kechikishi haqida xabar bergan edi.