NASA’ning oyga qo‘nish missiyasi uchun skafandr dizayni taqdim etildi

eʼlon qilindi
Parvoz 2026-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan
Foto: Claudia Greco/Reuters

Prada hashamatli moda uyi va Axiom Space tijorat kosmik kompaniyasi NASA’ning Artemida III oy missiyasi uchun kiyiladigan skafandr dizaynini namoyish qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kostyum Milanda boʻlib oʻtgan Xalqaro astronavtika kongressi chogʻida namoyish etilgan. Garchi brend va logotiplardan xoli bo‘lsa-da, dizayndagi bilaklar, bel va kislorod tizimi joylashgan ryukzak bo‘ylab qizil urg‘u chiziqlar Prada sub-brendi Linea Rossaga ishora qiladi.

Foto: Courtesy Prada

Yumshoq ko‘rinishga ega kostyumlar qator innovatsion xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Astronavtlar maxsus ishlab chiqilgan etiklar tufayli kuniga kamida sakkiz soat kosmosda yurishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘shma press-relizda aytilishicha, kostyumlar issiqlikni aks ettira oladigan, o‘ta yuqori harorat va oy changlaridan himoya qiluvchi oq materialdan tayyorlanadi. Apollon 17 dizaynidan keyin harakatchanlik ham yaxshilangan.

Prada Group kompaniyasining marketing bo‘yicha bosh direktori Lorenzo Bertellining so‘zlariga ko‘ra, moda uyi hamkorlikni 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin muhokama qilgan. 10 ga yaqin Prada xodimlari Milan va Xyustondagi Axiom bazasi o‘rtasida qatnovchi skafandr ustida ishlagan.

Foto: Courtesy Prada

Hozirgi kunda 2026-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan NASA’ning Artemida III missiyasi 1972-yilda Apollon 17 dan keyin birinchi kosmonavt Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda. Agar jarayon muvaffaqiyatli kechsa, bu ayolning oyda birinchi marta yurishi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalqaro koinot shartnomasiga qo‘shilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek