Oʻzbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 21-oktabr kuni respublikada besh grammlik oltin quymasining narxi rekord darajadagi 5,75 mln soʻmga yetdi. Avvalgi rekord 18-oktabr kuni o‘rnatilgan edi.
21-oktabr holatiga ko‘ra, o‘n grammlik quymaning qiymati 11,5 mln so‘mgacha, 20 grammlik quymaning qiymati esa 23 mln so‘mga qimmatlashgan. Og‘irligi 50 gramm bo‘lgan quymaning narxi esa 57,5 mln so‘mga ko‘tarildi.
18-oktabr kuni besh grammlik oltin quyma 5,74 mln so‘m, 10 grammlik quyma 11,4 mln so‘mdan sotuvga qo‘yilgan edi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» respublikada oltin narxi nima uchun oshib borayotgani haqida yozgan edi.