O‘zbek tili o‘qituvchilarining oylik maoshi 50 foizga oshiriladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-yanvardan boshlab
Foto: President.uz

2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilarining oylik maoshiga 50 foiz ustama qo‘shib beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi badiiy tarjima sohasidagi yangi mukofot o‘zbek tili va adabiyotini boyitish, uni xorijda ommalashtirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, tabrikda maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni 7 ta tilda yo‘lga qo‘yilgani, 160 ga yaqin milliy madaniy markaz hamda qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillaridagi OAV faoliyat olib borayotgani ham eslatib o‘tildi

«Teleradiokanallar va internet saytlarida davlat tilini o‘rganishga yordam beradigan dasturlarning soni va efir vaqtlarini ko‘paytirish, mustaqil til o‘rganuvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘at va qo‘llanmalar nashr etish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi», — dedi Mirziyoyev

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadqiqotchi-professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyevning «O‘zbek tili» va «davlat tili» haqida fikrlari bayon etilgan maqolani e’lon qilgan edik.

Shuningdek