O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7,7 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda
Foto: Tryaging / depositphotos

2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $42,8 milliardni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga ($3,5 mlrd) oshdi.

Tashqi savdodagi eksport ulushi $19,7 milliarddan oshgan hamda o‘tgan yilga nisbatan 11,5 foizga o‘sdi. Yil boshidan buyon respublika boshqa davlatlardan $28,4 milliardga teng tovarlarni import qildi va 5,2 foizga oshirdi.

Oʻzbekiston jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida Qozog‘iston Xitoy hamda Rossiyadan keyin O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistonga sakkiz oy ichida deyarli 13 mingta elektromobil import qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek