AQSh prezidentligiga respublikachilar nomzodi Donald Tramp Pensilvaniyadagi McDonald’s restoranlar bir necha porsiya kartoshka fri tayyorladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Tramp tayyorlagan taomlarini drive-through orqali tarqatdi va ushbu tez tayyorlangan taom uning hisobidan ekanini ta’kidladi.
«Men ish qidirmoqdaman, men bu ishni butun kun qilishim mumkin edi», – dedi Tramp restoran egasiga.
Shundan so‘ng, siyosatchi fartukni yechmasdan, avtomobillar uchun xizmat oynasi orqali jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp saylovoldi mitingni raqs kechasiga aylantirgani haqida xabar bergan edi.