Yangiliklar

Uzbekistan Airways Xanchjouga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi

17-noyabrdan boshlab
Foto: Pac.ru

Uzbekistan Airways endi Toshkentdan Xitoyning yirik shaharlaridan bir Xanchjouga muntazam reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, parvozlar 17-noyabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti – 12:40; Xanchjouga yetib borish vaqti – 22:00;
Xanchjoudan jo‘nab ketish vaqti – 23:30; Toshkentga yetib borish vaqti (keyingi kun) 04:10.

Ma’lumot uchun, bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan, Toshkent – Xanchjou – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 mln so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovasidan, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Pokistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edik.