AQSh politsiyasi besh qarindoshini otib o‘ldirgan 15 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Halok bo‘lganlarning uch nafari bolalardir. Shuningdek, fojia oqibatida bir nafar qiz ham tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Otishma 21-oktabr kuni Vashington shtatidagi turarjoy binosida yuz berdi. Qo‘shnilarning qo‘ng‘irog‘idan so‘ng jinoyat joyiga politsiya yetib kelgan. Amerika huquq-tartibot idoralari otishmani sodir etgan shaxsni oshkor qilmadi, uning jinoyat sabablari noma’lum.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroilning Myunxendagi bosh konsulligida yuz bergan otishma haqida yozgan edi.