Yangiliklar

Tadbirkorlikda ortiqcha hujjatbozlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar jazolanadi

7.5 mlndan 22,5 mln miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi
Foto: Bcghendersoninstitute.com

Tadbirkorlardan hisobotlar va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hujjatlarni talab qilganlik uchun mansabdor shaxslar jarimaga tortiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlarini davlat xizmatchilari, bank xodimlari yoki boshqa mansabdor shaxslarning noqonuniy talablaridan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Tadbirkorning huquqlarini buzishga birinchi urinish uchun mansabdor shaxs 7,5 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Bir yil davomida qoidabuzarlik takrorlangan taqdirda maksimal jarima miqdori 22,5 mln so‘mgacha oshiriladi.

Qonun biznesga nisbatan ma’muriy bosimni kamaytirishi va suiiste’mol qilish holatlarini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijiy investorlarga davlat kompaniyalari aksiyalarini valyuta evaziga sotib olishga ruxsat berilishi haqida yozgan edik.