Yangiliklar

BMT O‘zbekistonga saratonga qarshi kurashishda yordam beradi

Saida Mirziyoyeva tashkilot vakili bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram-kanali

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) O‘zbekistonga saratonga qarshi kurashishda ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyor, dedi respublika prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Bir kun avval u UNFPAning O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashdi. Tomonlar koʻkrak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurash dasturini muhokama qildi. Bundan tashqari, bolalar va onalar o‘limi masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

«UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», – deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident yordamchisi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish loyihasi taqdimoti bilan tanishganini yozgan edi.