Afg‘oniston futbol federatsiyasi o‘zbekistonlik Usmon Toshevni mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda TOLONews xabar berdi.
U britaniyalik Eshli Vestvud o‘rniga bosh murabbiy bo‘ldi. Nashrning yozishicha, O‘zbekiston vakili bilan shartnoma bir yilga tuzilgan.
59 yoshli Toshev 2018 – 2021-yillar davomida Tojikiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda esa OʻFA terma jamoalar boʻlimi boshligʻi sifatida ishlayotgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning transfer narxi ikki baravarga qimmatlashgani haqida yozgan edi.