21-oktabr kuni bolalarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Prezident Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, endi bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Shuningdek, bu turdagi ishlar bo‘yicha yarashuv arizasi faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan oilaviy zo‘ravonlikdan himoya choralari kuchaytirilgani haqida yozgan edi.