Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda

eʼlon qilindi
2024-yilning yanvar – sentabr oylari davomida
Foto: Bsproff.ru

O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlari Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston bo‘lib turibdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, umumiy chegaraning mavjudligi, MDHning erkin savdo hududida savdo qilishi hamda so‘nggi paytlarda o‘zaro iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Infografika: Statistika agentligi

Oʻzbekiston jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalar qilib kelmoqda. Ularning eng yirigi Xitoy bo‘lib, 18,7 foiz savdo aloqalari amalga oshirilmoqda. Keyingi yirik hamkor davlat 18,0 foiz bilan Rossiya bo‘lib turibdi. Qozogʻiston kuchli uchlikni yakunlab bergan. Jami savdo aloqalarining 6,2 foizi qismi qo‘shni mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7,7 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek