O‘zbekiston cho‘llarini degradatsiya holatidan chiqarish uchun $50 mln yo‘naltiriladi
eʼlon qilindi
2025-yilda

O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi cho‘llarni degradatsiya holatidan chiqarish dasturini tayyorlaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mitaga cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. 2025-yilda dasturni amalga oshirish uchun grant jalb etilishi kutilmoqda. Uning miqdori $50 millionni tashkil etadi. Shuningdek, 16 mlrd gektar yaylovlar qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda sug‘orish bo‘yicha ikkita tajriba o‘tkazilishi haqida yozgan edi.