2024-yilning yanvar – sentabr oylari davomida 1495,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 11,8 foiz, ya’ni 157,2 ming tonnaga ko‘payganini ko‘rsatadi.
Mazkur yilning birinchi yarmida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan $1,04 mlrd qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Ushbu qiymat o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 25,8 foizga ko‘paygan va jami eksportdagi ulushi 5,3 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavotlarning asosiy eksportlari Rossiya (44,7 %), Qozog‘iston (14,1 %), Pokiston (14,1 %) hamda Afg‘oniston (7,3 %) davlatlariga amalga oshirilgan. Eksport qilinga meva-sabzavot mahsulotlarining 51 foizini uzum egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvaroq Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirayotgani haqida yozgan edik.