Yangiliklar

O‘zbekistondagi ekologik vaziyat kosmosdan monitoring qilinadi

Cho‘llanishga qarshi kurash doirasida
Foto: 3D Sculptor/Depositphotos

O‘zbekistondagi cho‘llar holati kosmosdan kuzatila boshlanadi. Loyihani mamlakat O‘rmon xo‘jaligi agentligi va «O‘zbekkosmos» amalga oshiradi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

21-oktabr kuni davlat rahbari «Yashil makon» loyihasi bilan tanishdi. Tadbirda cho‘llanishga qarshi kurashish choralari muhokama qilindi. Ekologik holatini monitoring qilish uchun idoralar tomonidan maxsus platforma tashkil etiladi.

Bundan tashqari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi endi cho‘llanishga qarshi kurashadi. Agentlikka Fanlar akademiyasi bilan birgalikda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan o‘simliklar yetishtiriladigan tajriba maydonchasini yaratish topshirildi. Bu loyiha uchun 20 gektar yer ajratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda kosmik monitoring dasturi tasdiqlangani haqida yozgan edi.