21-oktabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Ozon kompaniyasi vakillari hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi huzurida elektron tijoratni rivojlantirishga koʻmaklashish hamda mahalliy va xorijiy marketpleyslar bilan hamkorlik qilish maqsadida tashkil qilingan «Chamber-Trade Link» kompaniyasi taqdimoti o‘tkazildi.
Palata va kompaniya vakillari oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun marketpleyslar bilan ishlash bo‘yicha oʻquv dasturini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Seminarlar logistikani optimallashtirish, strategik mahsulotlarni ilgari surish va xalqaro hamkorlik kabi mavzularni qamrab oladi.
Shuningdek, Palata tadbirkorlarni eksportdan oldin moliyalashtirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Transport xarajatlarining bir qismi subsidiyalashtiriladi va tovarlarni eksport qilishda logistika xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozon Kursiv Uzbekistan tashkil etgan marketpleyslar poygasidan chiqib ketgani haqida yozgan edik.