O‘zRTXB foydasi 42,3 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha
Foto: O‘zRTXB

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (O‘zRTXB) joriy yil yanvar – sentabr oylaridagi sof foydasi 227,2 mlrd so‘mdan oshdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 42,3 foizga ko‘pdir.

Savdo maydonchasining ushbu davrda daromadi 278,6 mlrd so‘mdan 311,1 mlrd so‘mga oshdi.

Joriy yilning oktabr oyining boshiga tuzilgan bitimlar hajmi 118,3 trln so‘mga yetdi. Yillik hisobda bu ko‘rsatkich 15,1 foizga o‘sdi.

Shu davrda birja savdolaridagi bitimlar hajmi 87,1 trln so‘mdan ortiqni tashkil etib, yil davomida 21,1 foizga oshdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalq IPO’si bo‘yicha O‘zRTXBning 2,4 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi haqida yozgan edi. Anderrayter sifatida Kap Depo va Satori konsorsiumi ishtirok etadi.

Shuningdek