Raqobat qo‘mitasiga aviakompaniyalar ustidan 200 dan ortiq shikoyatlar kelib tushdi

eʼlon qilindi
195 mln so‘m qaytarib berilgan
Foto: bakharev / Depositphotos.com

Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning 9 oyida aviakompaniyalar xizmatlari bo‘yicha 200 dan ortiq shikoyatlar kelib tushdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, murojaatlar foydalanilmagan chiptalar uchun pullar qaytarilmasligi, reyslarning kechikishi, shikastlangan bagaj uchun to‘liq bo‘lmagan kompensatsiya, shuningdek, xizmat ko‘rsatish darajasining pastligi bilan bog‘liq.

Tekshiruvlardan so‘ng qo‘mita tomonidan 195 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish ta’minladi. Shikoyatlar Uzbekistan Airways va Air Samarkand kompaniyalariga bildirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 200 dan ortiq iste’molchilar lizing kompaniyalari ustidan shikoyat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek