Yangiliklar

23-oktabr kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

Tog‘li hududlarda jala quyadi
Foto: Noah Näf / Unsplash

Bugun, 23-oktabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi. Boshqa viloyatlarda quruq havo kuzatiladi. O‘rtacha harorat 12-17 daraja bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Kunduzi havo 14 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 8-10 daraja salqin bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda jala quyadi. Havo harorati 6-11 daraja salqin bo‘ladi.