Anqarada terroristlar Tusash kompaniyasiga hujum qildi

eʼlon qilindi
Qurbonlar va jarohatlanganlar bor
Foto: Turkiya OAVlari

23-oktabr kuni terrorchilar Turkiya poytaxti Anqaradagi Tusaş aerokosmik korporatsiyasi (TAI) hududiga hujum qildi. Bu haqda Turkiyaning NTV telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, hujum paytida portlash va otishma ovozlari eshitilgan. Telekanal ma’lumotlariga koʻra, terrorchilar kompaniya binosiga taksida yetib kelishgan. Videokuzatuv kameralari hujumchilardan birini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Terrorchilar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida otishma davom etayotgani xabar qilingan.

Foto: Turkiya OAVlari

Turkiya rasmiylari voqeani terakt deb atadi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikayaning aytishicha, terakt oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Shuningdek, uch nafar terrorchidan ikkitasi yo‘q qilingani haqida ma’lum qilingan.

Foto: Turkiya OAVlari

Ma’lumot uchun, Tusash korporatsiyasi 1973-yil 28-iyunda Sanoat va texnologiyalar vazirligi qoshida mudofaa sanoatida xorijiy texnologiyalarni import oʻrnini bosish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq Teylor Svift terror tahdidi tufayli Venada bo‘lib o‘tadigan konsertlarini bekor qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek